Uchko‘prikda ishlab chiqarilgan mahsulotlar "Baghdad International Fair" ko‘rgazmasida namoyish etilmoqda
2026-02-03 12:15:00 / Новости
Joriy yilning 1-7-fevral kunlari O‘zbekistonning 200 nafarga yaqin tadbirkorlari Iroq poytaxti Bag‘dod shahrida o‘tkazilayotgan xalqaro "Baghdad International Fair" ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda.

Ko‘rgazmaning "Made in Uzbekistan" milliy ekspozitsiyasi doirasida oziq-ovqat, to‘qimachilik, yengil sanoat, qurilish materiallari, elektrotexnika hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari namoyish etilmoqda.
Milliy ekspozitsiya doirasida Uchko‘prik tumanidagi to‘qimachilik va qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalar ham o‘z mahsulotlarini xalqaro xaridorlar hamda potensial hamkorlarga taqdim etmoqda.
Ushbu ko‘rgazma mahalliy mahsulotlarimizni xalqaro maydonga olib chiqish va eksport geografiyasini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.


