В нашей стране борьба с коррупцией последовательно осуществляется как одно из приоритетных направлений государственной политики.
2026-03-18 19:00:00 / Новости
В нашей стране борьба с коррупцией последовательно осуществляется как одно из приоритетных направлений государственной политики. Принятые в этом направлении нормативно-правовые акты создают прочную правовую основу реформ.
Xususan, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonun korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etishning asosiy mexanizmlarini belgilab berdi. Shuningdek, mazkur sohada davlat organlari va mansabdor shaxslarning mas’uliyatini kuchaytirishga xizmat qilmoqda.
Sud tizimida ham muhim qonunchilik islohotlari amalga oshirildi. “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonun va protsessual kodekslarga kiritilgan o‘zgartishlar sudyalar mustaqilligini ta’minlash, ishlarni xolis va adolatli ko‘rib chiqishga qaratilgan. Elektron sudlov tizimining joriy etilishi, jumladan “E-SUD” platformasi orqali da’vo arizalarini onlayn taqdim etish va ishlarni kuzatib borish imkoniyati inson omilini kamaytirib, korrupsiya xavfini pasaytirmoqda.
Bundan tashqari, “Davlat organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, sudlar faoliyatida ochiqlik va shaffoflik ta’minlanmoqda. Ochiq sud majlislari, sud qarorlarining e’lon qilinishi jamoatchilik nazoratini kuchaytirib, korrupsiyaning oldini olishga xizmat qilmoqda.
Xulosa qilib aytganda, qabul qilingan qonunlar va amalga oshirilayotgan islohotlar sud tizimida adolat, shaffoflik va qonuniylikni ta’minlash orqali korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini yanada oshirmoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Ma’muriy sudi arxiv mudiri G.Kalbaeva
