Bitiruvchi yoshlar bandligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi
2026-10-15 17:05:00 / Новости
Mehnat bozoriga kirib kelayotgan bitiruvchi yoshlar bandligini ta’minlash, ularni munosib ish o‘rinlariga joylashtirish hamda Davlat rahbari tomonidan Andijon viloyatida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda mazkur yo‘nalishda tashkil etilgan shtab a’zolari ishtirok etib, amalga oshirilayotgan ishlar, erishilayotgan natijalar hamda mavjud muammolar muhokama qilindi.
Yig‘ilish davomida bitiruvchi yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etish, mavjud imkoniyatlardan keng foydalanish va ishlar natijadorligini oshirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.





