Yoshlar bandligini taʼminlash boʻyicha tanqidiy-tahliliy yigʻilish oʻtkazildi
2026-10-08 16:35:00 / Новости
Qoʻshtepa tumanida mahallalarda yoshlar bilan ishlash, joriy yilda mehnat bozoriga kirib kelgan yoshlarning bandligini taʼminlash hamda yoshlar masalalari boʻyicha belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash yuzasidan tanqidiy-tahliliy yigʻilish oʻtkazildi.
Tuman prokurori A.Xudoyberganov boshchiligida tashkil etilgan yigʻilishda mazkur yoʻnalishda amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish choralari atroflicha muhokama qilindi.
Yigʻilish davomida davlat rahbari tomonidan Andijon viloyatida belgilangan topshiriqlar ijrosi, mahallalarda yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, mehnat bozoriga kirib kelayotgan yoshlarni kasb-hunarga yoʻnaltirish hamda ularning doimiy bandligini taʼminlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Shuningdek, yoshlar bandligini taʼminlashda masʼul tashkilotlar faoliyatini yanada kuchaytirish, har bir yosh bilan individual ishlash va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish boʻyicha tegishli vazifalar belgilab berildi.





