Yoshlar tashabbusi qoʻllab-quvvatlandi
2026-09-17 15:35:00 / Новости
Payshanba — Yoshlar kuni munosabati bilan Qoʻshtepa tumani hokimi A.Abdullayev Shahartepa mahallasidagi 21-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida boʻldi.
Tashrif davomida tuman hokimligi tomonidan ajratilgan mablagʻlar hisobidan taʼmirlangan maktabning sport zali oʻquvchilar foydalanishi uchun topshirildi.
Shuningdek, maktab stadionini obodonlashtirish va taʼmirlash tashabbusini ilgari surgan bir guruh yoshlar bilan uchrashuv oʼtkazildi. Muloqot davomida yoshlarning taklif va tashabbuslari tinglanib, ularni amaliy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, maktab rahbariyati bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish masalalari muhokama qilindi.
Maktab stadionining mavjud holati joyiga chiqib oʻrganilib, uni obodonlashtirish va taʼmirlash boʻyicha yoshlar tashabbusini amalga oshirish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.




