Tumanda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarining ijrosini taʼminlash boʻyicha 2026-yilning yanvar-iyun oylari mobaynida amalga oshirilayotgan ishlar, “edo.ijro.uz” tizimi orqali nazoratga olingan topshiriqlarning ijro holati haqida
2026-07-02 18:10:00 / Новости
Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6166-son Farmoni bilan tasdiqlangan “Mahalliy davlat hokimiyati organlarida qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlarining amalga oshirilishi boʻyicha nazorat va hisobdorlikni tashkil etish” tartibida “Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro holatini xalq deputatlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar sessiyalarida muhokama qilish hamda toʻliq bajarmagan, kechiktirib bajargan yoki umuman ijrosini taʼminlamagan rahbar va xodimlarga nisbatan intizomiy javobgarlik masalalarini koʻrib chiqish” belgilangan.
Tuman hokimligi Ijro intizomi nazorati boʻlimi tomonidan “Edo.ijro.uz” ijro intizomi idoralararo elektron tizimi orqali Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari hamda majlis bayonlarida berilgan topshiriqlarning ijro holati yuzasidan hissobot kiritilgan.
Xususan, tuman hokimligida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoni hamda 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qarori talablariga muvofiq, “Edo.ijro.uz”ijro intizomi idoralararo elektron tizimi orqali Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari hamda majlis bayonlarida berilgan topshiriqlari oʻz vaqtida ijroga qaratilib, toʻliq va sifatli bajarilishi qatʼiy nazoratga olingan.
Tuman hokimligiga 2026-yil davomida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qaror va farmonlar, Oʻzbekiston Respublikasi Administratsiyasi topshiriqlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror va farmoyishlari asosida jami 131 hujjatlar kelib tushgan boʻlib, ushbu hujjatlar asosida 1422 ta topshiriqlar kelib tushgan. Ushbu topshiriqlardan 669 ta oʻz muddatida bajarildi, qolgan 753 tasi bajarilmoqda.
