30 yoshgacha bo‘lgan yoshlarni tartibli mehnat migratsiyasiga tayyorlash maqsadida nemis tili kurslariga jalb etish
2026-06-11 18:55:00 / Новости
Qo‘shtepa tumanida ijtimoiy reyestrda turuvchi oilalardagi 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlarni tartibli mehnat migratsiyasiga tayyorlash maqsadida nemis tili kurslariga jalb etish, o‘qitish tartibini tushuntirish hamda guruhlarga taqsimlash bo‘yicha uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida yoshlarga xorijda mehnat faoliyatini olib borish uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, nemis tilini o‘rganishning afzalliklari hamda kurslarda ta’lim olish tartibi haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, ishtirokchilarning qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob berilib, yoshlar nemis tili kurslari uchun shakllantirilgan guruhlarga taqsimlandi.
Mazkur tashabbus yoshlarning bandligini ta’minlash, ularning kasbiy va til ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda xavfsiz va tartibli mehnat migratsiyasini yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi.




