“Vatan tayanchi”ning faol a’zolariga imtiyozli tavsiyanomalar topshirildi
2026-06-11 15:50:00 / Новости
O‘quv yilini a’lo baholarga tamomlagan bitiruvchilar hamda “Vatan tayanchi” otryadining faol a’zolariga oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun beriladigan imtiyozli tavsiyanomalarni tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida yoshlarning ta’limdagi yutuqlari, Vatanga sadoqat, harbiy-vatanparvarlik ruhidagi faolligi alohida e’tirof etildi. So‘zga chiqqanlar mamlakatimiz kelajagi bo‘lgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim va salohiyatini ro‘yobga chiqarish borasida yaratilayotgan imkoniyatlar haqida to‘xtalib o‘tdilar.
Tadbir yakunida Qo‘shtepa tumani hokimi A.Abdullayev, tuman prokurori, Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, Soliq inspeksiyasi rahbari hamda Farg‘ona viloyati Mudofaa ishlari boshqarmasi rahbarining o‘rinbosari tomonidan bitiruvchilar va “Vatan tayanchi” otryadining faol a’zolariga imtiyozli tavsiyanomalar tantanali ravishda topshirildi.






