YOSHLAR MASALALARIGA BAGʻISHLANGAN MUHIM UCHRASHUV
2026-05-07 18:15:00 / Новости
Qoʻshtepa tumanidagi 4-umumiy oʻrta taʼlim maktabida Fargʻona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi Rahmatullayev Ayubxon hamda Qoʻshtepa tuman hokimi Anvarjon Abdullayev ishtirokida yoshlar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuv davomida “Zakovat” intellektual oʻyinlari gʻoliblari hamda “Zukko kitobxon” viktorinasi ishtirokchilari munosib taqdirlandi. Tadbirda yoshlarning bilim olishga boʻlgan qiziqishini oshirish, kitobxonlik madaniyatini keng targʻib qilish va intellektual salohiyatini qoʻllab-quvvatlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Shuningdek, uchrashuvda ishsiz yoshlarni bandligini taʼminlash, ularni kasb-hunarga yoʻnaltirish, doimiy ish oʻrinlariga jalb qilish hamda probatsiya nazoratida turgan yoshlarning muammolarini oʻrganib, ularni hal etish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar muhokama qilindi.
Rahbarlar tomonidan har bir yoshning murojaati tinglanib, ularning hayotda oʻz oʻrnini topishi, jamiyatda munosib faoliyat yuritishi uchun yaqindan koʻmak berish muhim vazifa ekani taʼkidlandi. Shuningdek, tegishli mutasaddi rahbarlarga aniq vazifalar yuklatilib, ularning ijrosi qatʼiy nazoratga olindi.





