🏆 Davlat xavfsizlik xizmati kubogi musobaqalarining Oltiariq tuman bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
2026-06-05 19:55:00 / Новости
Musobaqalarda faol ishtirok etib, yuqori natijalarni qo‘lga kiritgan yoshlar tantanali ravishda taqdirlandi. Tadbir davomida g‘olib va sovrindorlarga diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

✨ Yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga xizmat qilayotgan ushbu musobaqalar kelgusida ham davom etadi.
Oltiariq yoshlari esa o‘zlarining shijoati va iqtidorini yana bir bor namoyon etdi. 🇺🇿👏







