Oltiariq tumani IIB boshlig‘i I.Sotvoldiyev tomonidan 2-son politexnikumida talaba yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
2026-04-30 16:00:00 / Новости
Tadbir davomida I.Sotvoldiyev davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yoshlar manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan islohotlar va amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida batafsil ma’lumot berdi.
Muloqotda yoshlarning ta’limga bo‘lgan qiziqishini oshirish, kelgusida raqobatbardosh mutaxassis bo‘lib yetishish, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallash masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, yoshlar o‘rtasida qonuniylikka rioya etish, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.
Tadbir yakunida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar hamda kelajakda yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish zarurligi alohida ta’kidlandi.

