Oltiariq tumani 1-son texnikumida talabalar va bitiruvchi yoshlar ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi
2026-04-30 15:45:00 / Новости
Tadbirda tuman hokimi Sh.Turdaliyev hamda tuman prokurori R.Tillayev ishtirok etib, yoshlarga oid davlat siyosati doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar, erishilayotgan natijalar va kelgusidagi ustuvor vazifalar xususida atroflicha ma’lumot berdilar.
Muloqot davomida yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, oliy ta’limda tahsilni davom ettirish, shuningdek, biznes g‘oyalarni amalga oshirish uchun yaratilgan imkoniyat va sharoitlar yuzasidan batafsil tushuntirish berildi.
Shuningdek, texnikumning a’lochi va tashabbuskor talabalari misolida yoshlarga yuksak maqsadlar sari intilish, izlanish va faollik orqali muvaffaqiyatga erishish muhimligi ta’kidlandi.
Tadbir davomida yoshlar o‘z fikr-mulohazalari, taklif va qiziqishlarini bildirib, ularning savollariga mas’ullar tomonidan tegishli javoblar qaytarildi.

