Oltiariq tumani hokimi Sh.Turdaliyev boshchiligida mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirokida Yangiqo‘rg‘on MFYda aholi va yoshlar bilan uchrashuv va ochiq muloqot o‘tkazildi.
2026-03-05 11:55:00 / Новости

Muloqot davomida yoshlarning oilaviy va ijtimoiy yordam, kasb-hunar o‘rganish uchun sharoit yaratish, o‘qish kontrakt to‘lovlariga ko‘maklashish, ish bilan ta’minlash hamda mahalla infratuzilmasini yaxshilash masalalari yuzasidan murojaatlari ko‘rib chiqildi.
Ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha tegishli mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi. Ayrim murojaatlar yuzasidan esa huquqiy maslahatlar taqdim etildi.
Barcha murojaatlar belgilangan tartibda nazoratga olinib, ularning ijrosi bo‘yicha mahalla yoshlar yetakchilari tuman hokimi bilan doimiy muloqotda bo‘lib borishi ta’kidlandi.
