Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi
2026-02-09 15:55:00 / Новости

Oltiariq tumani axborot-kutubxona markazi mutaxassislari hamda Oltiariq tumani 2-son texnikumi hamkorligida buyuk mutafakkir va so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludi munosabati bilan adabiy-musiqali kecha bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda Navoiy ijodidan g‘azallar, sahna ko‘rinishlari, kuy-qo‘shiqlar ijro etilib, o‘quvchi-yoshlarning adabiyotga bo‘lgan qiziqishi yanada oshirildi.
