XALQARO FORUM
2026-01-27 15:30:00 / Новости

Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahrida “Xitoy xalqaro savdo va xizmat ko‘rsatish forumi” bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu nufuzli forumda Oltiarik tumani hokimligi delegatsiyasi hamda bir guruh tadbirkorlar ishtirok etishmoqda.
— Tashrif doirasida Xitoy tomoni bilan istiqbolli savdo shartnomalarini tuzish va investisiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan, — deydi investisiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i, Oltiariq tuman hokimining o‘rinbosari Oзодбек Madrahimov.
