Tashabbusli budjet: Baxmalda ichki yo'llar ravon va tekis bo'lmoqda
2025-07-07 09:00:00 / Новости

“Tashabbusli budjet” loyihasi fuqarolarning ijtimoiy faolligini oshirish va joylardagi muammolarni qisqa muddatda hal etishning samarali yechimi sifatida xizmat qilmoqda.
Xususan, Guliston tumani “Baxmal” mahallasining Obodon ko‘chasida 1200 metr, Bog‘ishamol ko‘chasida esa 1300 metr ichki yo'llar “Tashabbusli byudjet” dasturining 1-mavsumida g'olib deb topilgan loyihalar “Shaffof qurilish” elektron platformasi orqali tenderga chiqarilib, “Kamoliddin fayz Baraka” MCHJ tomonidan loyiha yutib olindi va korxonaning yo'lsozlari tomonidan asfalt qoplamasi yotqizildi.
O‘tgan 10 yil mobaynida ta’mirlash ishlari olib borilmagan ushbu ichki yo'llarni infratuzilmasini yaxshilashga oid ilgari surilgan taklif 2 ming 198 ta ovoz to‘plab, loyiha g‘olibligiga erishilgandi.
Budjetdan ajratilgan 1 milliard 58 million 261 ming so‘m mablag‘ evaziga ichki yo'llarda ta’mirlash-bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Natijada ichki yo'llar ravon, butkul yangicha va zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘lib, ushbu ko'chalarda istiqomat qiluvchi fuqarolar tekis va ravon yo'llarga ega bo'lishdi.


