Tanqid va tahlil — ish samaradorligini oshiruvchi muhim omil
2025-05-27 19:40:00 / Новости

Bugun Guliston tumani hokimligida tuman hokimi vazifasini bajaruvchi Olimjon Jurayev rahbarligida tanqidiy va tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda tuman tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi.
Uchrashuvda avvalo tartib-intizom masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, tashkilot rahbarlarining yig‘ilishga o‘z vaqtida yetib kelishi qat’iy ogohlantirilib, kechikkan rahbarlar rasman ogohlantirildi.
Shuningdek, yig‘ilish davomida aholining murojaatlari ijrosi, turli sohalar kesimida olib borilayotgan ishlar va amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning natijadorligi atroflicha tahlil qilindi.
Tanqid va tahlil asosida tashkilot rahbarlariga tegishli topshiriqlar berilib, kamchiliklarni bartaraf etish va ish samaradorligini oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.


