"Payshanba – Yoshlar kuni" doirasida Oqdaryo tumanida yoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi
2026-07-09 14:00:00 / Новости
Samarqand viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig'i R. Mahqulov tomonidan Oqdaryo tumani Pichoqchi mahallasida istiqomat qiluvchi yoshlar bilan "Payshanba – Yoshlar kuni" doirasida ochiq muloqot tashkil etildi.

📍 "Payshanba – Yoshlar kuni" doirasida Oqdaryo tumanida yoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi
Samarqand viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig'i R. Mahqulov tomonidan Oqdaryo tumani Pichoqchi mahallasida istiqomat qiluvchi yoshlar bilan "Payshanba – Yoshlar kuni" doirasida ochiq muloqot tashkil etildi.
Uchrashuvda mahalladagi 28 nafar yosh ishtirok etib, ularning bandligini ta'minlash, tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash, kasb-hunarga o'qitish hamda ijtimoiy masalalar yuzasidan fikr va takliflari tinglandi.
Muloqot davomida 14 ta murojaat kelib tushdi. Shundan 5 tasi joyida hal etilib, qolgan murojaatlar yuzasidan mas'ullarga aniq topshiriqlar berildi hamda ijrosi nazoratga olindi.
Mazkur uchrashuv yoshlarning muammolarini bevosita o'rganish, ularni qiynayotgan masalalarga tezkor yechim topish hamda bandligini ta'minlash borasidagi ishlar samaradorligini oshirishga xizmat qildi.
