Yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha amaliy ishlar davom etmoqda
2026-07-03 18:14:00 / Новости
Baxmal tumanida yoshlar bandligini ta’minlash va ularning daromad manbalarini kengaytirishga qaratilgan ishlar izchil amalga oshirilmoqda.
Prezidentning 2024-yil 5 apreldagi PQ–153-son qarori asosida «Istiqlol” mahallasida yashovchi yosh Qurbonov Asliddinga 1 gektar yer maydoni ajratildi. U mazkur maydonga sabzi ekib, agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirmoqda.
Yosh fermer joriy mavsumda 40–50 tonna hosil yetishtirishni rejalashtirgan. Bu esa uning daromadini oshirish bilan birga, hududda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmini ko‘paytirishga ham xizmat qiladi.

