Bag‘dod tumanida “Bolajon orzusi” nomli 63-son Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti barpo etilib, Mustaqillik bayrami arafasida foydalanishga topshirildi. “Cho’lyunus” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 90 o‘rinli mazkur maskan hudud aholisi orzusi e
2025-09-04 09:00:00 / Новости
Tashkilotning ochilish marosimida tuman hokimi o‘rinbosari Qahramonjon Mirtazaqulov, tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri (v.v.b.) N. Mamatusmonova, jamoatchilik faollari, ota-onalar hamda tarbiyachilar ishtirok etishdi.

— Ushbu muassasa cho’lyunusliklar uchun munosib bayram sovg‘asi bo‘ldi. Endi jajji bolajonlar barcha sharoitlari yaratilgan, zamonaviy jihozlangan bog‘chada sifatli ta’lim-tarbiya oladilar, — dedi so‘zga chiqqanlar.
Bog‘cha mashg‘ulot xonalari, yotoqxona, oshxona bolalarning qulayligi uchun zarur mebel jihozlari bilan ta’minlandi. Shuningdek, bolajonlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishlari uchun turli o‘yin maydonchalari va o‘quv-uslubiy vositalar ham yaratilgan.







