Deputatlar aniqlagan dolzarb masalalar muhokama qilindi
2026-07-23 17:30:00 / Новости
Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining haftalik ish rejasiga muvofiq deputatlar tomonidan saylov okruglarida o‘tkazilgan uchrashuvlar hamda hududlarda olib borilgan o‘rganishlar davomida aniqlangan muammolar tuman hokimi Maqsadjon Isaqov ishtirokida muhokama qilindi.

Yig‘ilishda saylovchilar murojaatlari asosida aniqlangan masalalar ko‘rib chiqilib, ularni bosqichma-bosqich hal etish yuzasidan mas’ul tashkilotlarga topshiriqlar berildi.
➡️Muhokamada quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:
✅ Ta’lim: Maylovoy MFYdagi 48-DMTTni mukammal ta’mirlash, Ittifoq MFYdagi 35-maktab uchun eshik va romlar xarid qilish.
✅ Ichimlik suvi: Konizar MFYning Chinor, Oybek va Tol ko‘chalariga 2,8 km ichimlik suvi tarmog‘ini tortish, Mehnatobod MFYda 1 ta ichimlik suvi qudug‘i qazish va 1 ta suv minorasi o‘rnatish.
✅ Sug‘orish tizimi: Qo‘g‘oli MFYning Bolg‘oli va Qo‘rg‘oncha qishloqlarida tomorqa yerlarini suv bilan ta’minlash maqsadida 2 ta drenaj tarmog‘ini chiqarish.
📶Yig‘ilish yakunida masalalarni tegishli dasturlarga kiritish, ularning ijrosini belgilangan muddatlarda ta’minlash yuzasidan mas’ul tashkilot va mutasaddilarga aniq vazifalar yuklatildi.


