BAG‘DOD TUMANI HOKIMIGA O‘RINBOSAR TAYINLANDI
2026-07-06 10:20:00 / Новости
Bag‘dod tumani hokimligi binosida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Tuman hokimi Maqsadjon Isaqovning tegishli mas’ullar ishtirokida o‘tkazgan uchrashuvi davomida tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilishda Bag‘dod tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan Boltaboyev O‘tkirjon Sobirjonovich keng jamoatchilikka tanishtirildi.
Jarayonda uning mehnat faoliyati va kasbiy tajribasi haqida qisqacha ma’lumot berildi. Shuningdek, unga yangi lavozimida samarali faoliyat yuritib, yuksak natijalarga erishishi tilab qolindi.


