RASMIY MUNOSABAT
2026-06-28 21:05:00 / Rasmiy munosabat

Mazkur murojaatda keltirilgan holatlar yuzasidan tuman hokimligining tegishli mutasaddi tashkilotlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek, avvalgi rasmiy munosabatlarda ham aynan shu mazmundagi tanqidiy postlar yuzasidan rasmiy munosabatlar bildirilgan bo‘lib, unda keltirilgan masalalar vakolatli tashkilotlar tomonidan o‘rganilayotgani ma'lum qilingan.
Bugungi kunda ham murojaatda bayon etilgan barcha holatlar tegishli hujjatlar va mavjud ma'lumotlar asosida qonunchilik talablari doirasida o‘rganilib, zarur hollarda vakolatli idoralar bilan hamkorlikda qo‘shimcha tekshiruvlar o‘tkaziladi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha jamoatchilikka qonunchilikda belgilangan tartibda batafsil va asoslantirilgan qo‘shimcha ma'lumot taqdim etiladi.
