“YUKSAK MA’RIFATLI AVLOD — UCHINCHI RENESSANS POYDEVORI”
2026-05-25 08:10:00 / Новости

Tabrikda yosh avlodni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning zamonaviy bilim va kasb-hunar egallashi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, shuningdek, Vatan taqdiriga daxldorlik hissi bilan yashaydigan barkamol avlodni tarbiyalash masalalari alohida ta’kidlandi.
✨ Ta’kidlanganidek, tumandagi 65 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabini joriy yil 1920 nafar 11-sinf bitiruvchilari tamomlamoqda. Ulardan 49 nafari oltin, 24 nafari kumush medalga munosib deb topildi. Shuningdek, 30 nafar yosh muddatidan oldin talaba bo‘lish baxtiga muyassar bo‘ldi. 2 nafar o‘quvchi esa xorijiy oliy ta’lim muassasalari grantini qo‘lga kiritdi.
Tuman hokimi bitiruvchilarni maktabni muvaffaqiyatli tamomlayotgani bilan samimiy tabriklab, mamlakatimizda ta’lim sohasiga qaratilayotgan yuksak e’tibor, yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar hamda Yangi O‘zbekistonni barpo etishda bilimli va yuksak ma’naviyatli yoshlarning o‘rni beqiyos ekanini ta’kidladi.
Shuningdek, bitiruvchilarga kelgusi hayot yo‘lida ulkan zafarlar, orzu-maqsadlariga erishish va tanlagan kasbida yurt koriga yaraydigan yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishlarini tiladi. Yoshlarni qonunga hurmat, yuksak ma’naviyat va vatanparvarlik ruhida yashashga chaqirdi.
📶Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan ustozlarga bag‘ishlangan she’rlar o‘qildi, samimiy tilaklar bildirildi. Kuy-qo‘shiq va raqslar bayramga yanada ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
📶Shuningdek, mahalla yettiligi tomonidan ham namunali o‘quvchilar va faol o‘qituvchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Tadbir so‘ngida esa “So‘nggi qo‘ng‘iroq” jarang sochdi.









