Xalqaro_hamkorlik
2026-05-25 10:35:00 / Новости

Muloqot davomida “Englishunt” ingliz tilini o‘rganish platformasi va dasturini davlat hamda nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida, keyingi bosqichlarda esa umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinflarida samarali joriy etish masalalari muhokama qilindi.
📶Chungrim Han o‘z taqdimoti davomida davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlariga:
— “Englishunt” ingliz tilini o‘rganish platformasini ta’lim jarayoniga keng joriy etish;
— bog‘chalarda ingliz tilini o‘qitish samaradorligini zamonaviy metodlar asosida oshirish;
— til yo‘riqchilari uchun “Teacher Training by Blended Learning” aralash ta’lim kurslarini tashkil etish kabi yo‘nalishlarda batafsil ma’lumot berdi.
📶Tadbir yakunida tumandagi xususiy maktablar rahbarlari hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlari bilan ingliz tilini o‘yinlar va zamonaviy metodlar asosida o‘qitish bo‘yicha tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish, uni tizimli davom ettirish va ommalashtirish yuzasidan kelishuvga erishildi.





