RASMIY E’LON
2026-05-22 19:35:00 / E'lonlar
Hurmatli fuqarolar va haydovchilar!
Bag‘dod tumani hokimining 2026-yil 22-maydagi qaroriga asosan, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston MFY Orzu ko‘chasidan o‘tuvchi D-094A avtomobil yo‘lining “Bag‘dod dehqon bozori”ga tutash qismida yangi yo‘l belgisi o‘rnatiladi.

Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston MFY Orzu ko‘chasidan o‘tuvchi D-094A “Furqat temir yo‘l stansiyasiga shoxobcha” avtomobil yo‘lining 22-kilometridagi dastlabki 300 metr qismida, “Bag‘dod dehqon bozori” MCHJ bilan tutash hududga haftaning payshanba va yakshanba kunlari amal qiluvchi 3.27 — “To‘xtash taqiqlanadi” yo‘l belgisi o‘rnatilishiga ruxsat berildi.
Mazkur yo‘l belgisini o‘rnatish va uning ijrosini doimiy nazorat qilish vazifasi tuman hokimi o‘rinbosari U.Yigitaliyev hamda tuman IIB JXX YHXG katta inspektori A.Haydarov zimmasiga yuklatildi.
Fuqarolar va transport vositalari haydovchilaridan yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qilish so‘raladi.
