Xalqaro hamkorlik
2026-05-19 16:30:00 / Новости
Turkiyaning UTET LOTUS kompaniyasi rahbarlari Oksuz Murat hamda Recepog'lu Bulent Bag‘dod tumanida bo‘lib, hududga investisiya kiritish va hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.

Mehmonlarni tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Sardorjon Qoraboyev qabul qildi. Uchrashuv davomida sanoat, energiya tejovchi texnologiyalar va ishlab chiqarish sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
✨Shuningdek, xorijiy investorlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar, hududning iqtisodiy salohiyati hamda kelgusidagi hamkorlik rejalari xususida atroflicha suhbat o‘tkazildi.





