Shukronalik: Nuroniylar e’tirofda, hamjihatlik va fidoyilik – asosiy mezon
2026-05-06 07:15:00 / Новости

Shukronalik: Nuroniylar e’tirofda, hamjihatlik va fidoyilik – asosiy mezon
📶Bugun erta tongda “Orzu” tantanalar saroyida ko‘p yillar davomida davlat va jamoat ishlarida samarali faoliyat yuritib, hozirda nafaqada bo‘lgan tumanimiz faxriylari – nuroniy otaxonlar, kayvoniy onaxonlar hamda mahallalardan taklif etilgan faollar uchun shukronalik ruhidagi uchrashuv tashkil etildi.
Tadbir davomida samimiy muloqotlar, dilga yaqin suhbatlar yangradi. Yurtimizda hukm surayotgan tinchlik-osoyishtalik, xalqimiz rizqi-ro‘zi bo‘lgan dehqonchilikning qadr-qimmati e’tirof etildi. Shuningdek, mamlakatimizda “Inson qadri” tamoyili asosida olib borilayotgan odil siyosatning mazmun-mohiyati, uni joylarda samarali amalga oshirish borasidagi ishlar alohida ta’kidlandi.
Bag‘dod tumani hokimi Maqsadjon Qosimjonovich aholi vakillari bilan suhbatlashar ekan, tuman taraqqiyoti yo‘lida xalq fikri va tashabbuslari doimo inobatga olinishi muhimligini qayd etdi. Farmon va qarorlar ijrosini ta’minlashda hamjihatlik hal qiluvchi omil ekani, har bir rahbar avvalo fidoyilik bilan ishlashi zarurligini alohida urg‘uladi.
✨Tadbir yakunida nuroniylar tomonidan yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi va amalga oshirilayotgan islohotlarning bardavom bo‘lishi tilab, ezgu duolar qilindi. Bunday uchrashuvlar jamiyatda avlodlar davomiyligini mustahkamlash, hurmat va e’tibor muhitini yanada kuchaytirishga xizmat qilmoqda.









