Bag‘dod tumaniga yangi hokim tayinlandi
2026-04-29 10:30:00 / Новости

Bag‘dod tumaniga yangi hokim tayinlandi
Bugun Xalq deputatlari Bag‘dod tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. (https://gov.uz/oz/ferghana)
Sessiya ishida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ishtirok etdi.
Sessiyada lavozimidan ozod etilgan Gʻanijon Soliyev o‘rniga yangi tuman hokimini tayinlash bilan bog‘liq tashkiliy masala ko‘rildi.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov tomonidan taqdim etilgan Isaqov Hojiqo‘zijon Qosimjonovich nomzodi tuman deputatlari tomonidan yakdillik bilan qo‘llab-quvvatlandi.
Hozirga qadar Farg‘ona viloyati 426-xo‘jaliklararo ixtisoslashgan ko‘chma mexanizmlar kolonnasi mas’uliyati cheklangan jamiyati boshlig‘i bo‘lib ishlab kelgan Hojiqo‘zijon Isaqov Bag‘dod tumani hokimi etib tasdiqlandi.
