Bag‘dod tumani hokimi G‘anijon Soliyev turkiyalik investor Ali O‘jar boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
2026-02-21 14:25:00 / Новости
Bag‘dod tumani hokimi G‘anijon Soliyev turkiyalik investor Ali O‘jar boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Qizg‘in va samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda istiqbolli rejalar muhokama qilindi. Xususan, tuman hududida zamonaviy intensiv bog‘lar barpo etish hamda ilg‘or agrotexnologiyalar asosida zamonaviy dehqonchilik faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha aniq taklif va tashabbuslar taqdim etildi.
Shuningdek, Bag‘dod tumanida bo‘lib turgan investorlar tomonidan yangi loyihalar yuzasidan qo‘shimcha takliflar ham bildirildi.





