Farg‘ona viloyatida bog‘lar va tokzorlarni barpo qilish bo‘yicha
2026-08-05 10:10:00 / Пресс-конференции
1. Ko‘chat ekish uchun maydonni tayyorlash. Kuzda ko‘chat ekish uchun tanlab olingan maydon plantaj plugi bilan 50-60 sm chuqurlikda xaydalgan bo‘lishi kerak. Agarda maydon xaydalmagan bo‘lsa, bahorda 35-40 sm chuqurlikda yer xaydalib qatiy tarzda lazer tekislagichida tekislanadi, bu esa o‘z navbatida suvdan tejamkorlik bilan foydalanish samaradorligini 2-3 barobarga oshiradi, hamda ko‘chat ekish uchun reja tortiladi va ko‘chatlar ekilgandan keyin boshqa bog‘lar qatori qishda sho‘r yuvish ishlarini amalga oshirirish lozim.
Olinadigan hosildorlikni miqdori faqat nav va payvandtagdan, agrotexnika saviyasidan emas, balki o‘simliklarning qator orasi va daraxt oralig‘iga ham bog‘liq.
Maydonda qancha ko‘chat ko‘p bo‘lsa, hosil shuncha ko‘p bo‘ladi, lekin daraxtlarning joylashish zichligining ham chegarasi bor. Bu daraxtlarning hajmiga va qator oralarining texnika bilan ishlov berish darajasiga ham bog‘liq. Hosilni sifati va miqdoriga daraxt tanasiga tushadigan yorug‘likni sifati va miqdoriga hamda shamol harakatlanishiga uzviy bog‘liq.
2. Ko‘chat ekish. Ko‘chat ekiladigan chuqurlarni chuqurligi va kengligi 60×60 sm bo‘lib, chuqur qazishda tuproq ustining 20-25 sm unumdor qismi chuqurning bir tomoniga olib, chuqurning qolgan qismi ikkinchi tomonga olib qo‘yiladi. Chuqurga ko‘chat ekishdan oldin 350-400 g fosforli, 30-40 g kaliy o‘g‘iti hamda 8-10 kg chirigan go‘ngni tuproq bilan aralashtirib solib, keyin ko‘chat ekiladi.
Ko‘chatni ekishdan oldin alohida tayyorlangan shatmoqqa (yangi mol go‘ngi tuproq bilan 1:1 qilib qaymoqsimon qilib tayyorlanadi), botirib olib ekiladi. Ko‘chat chuqurga quyilib, oldin olingan unumli tuproq chuqur tagiga solinib, keyin olingan unumsiz o‘g‘it bilan aralashtirilgan tuproq bilan to‘ldirilib, ildiz payvand qilingan joyi tuproqdan 2-3 sm yuqorida bo‘lishi kerak. Ko‘chat ekilgandan so‘ng har bir chuqurga to‘la suv quyiladi. Bunda tuproq zichlanib, ko‘chat yaxshi ko‘karadi. Tuproq cho‘kkandan so‘ng ko‘chat atrofiga tuproq solib to‘ldiriladi.
3. Ko‘chatlarni parvarishlash. Ekilgan ko‘chatlar vegetatsiya davrida ko‘chatlarning atroflari qatqaloq bo‘lib qolmasligi uchun yumshatib turiladi. Tuproq sharoitiga qarab, vegetatsiya davrida zarur namlikni ta’minlash uchun albatta tomchilatib sug‘orish tizimini joriy etish talab etiladi.
Yangi ekilgan ko‘chatlarni dastlabki davrida suv bilan ta’minlashga katta e’tibor berish zarur. Ko‘chatlar to‘liq ko‘karib ketishi uchun (agar tomchilatib sug‘orish sistemalari ishga tushmagan bo‘lsa) ko‘chat atrofini
aylana shaklida ariq olinib, ariq to‘lguncha suv quyish lozim yoki ariq orqali sug‘orilsa, ko‘chat atrofidan suvni aylantirib o‘tkazib sug‘orish zarur. Tuproq namligini doimiy saqlash maqsadida12-14 martagacha sug‘oriladi.
Yosh bog‘larni kasallik va zararkunandalarga chidamlilik darajasi ancha past bo‘ladi. Shuning uchun zaruriyat tug‘ilgan holda kasallik va zararkunandalarga qarshi kurash choralarini qo‘llash zarur.
4. Tomchilatib sug‘orishning o‘ziga xos jihatlari. Tomchilatib sug‘orish ekinlarni sug‘orish usullari orasida nisbatan yangi sanaladi va uning o‘ziga xosligi suvni bosim ostida o‘simlikkacha yetkazib berishi bilan belgilanadi.
Tomchilatib sug‘orish tizimi o‘simlikning suvga bo‘lgan ehtiyojiga teng miqdordagi suvni zarur muddatda uning ildiz qatlamiga yetkazib berishga mo‘ljallangan suv taqsimlovchi doimiy tarmoqdan iborat.
Tomchilatib sug‘orishning boshqa sug‘orish usullaridan farqli jihati shundan iboratki, mazkur sug‘orish usulida tuproqning namligi va uni yaratish uchun berilayotgan suv boshqariladi.
Odatdagi egatlab sug‘orish usulida suv egatga oqizilgandan so‘ng dalaning bir qismida tuproqning namligi xaddan ortib ketsa, boshqa qismida suv yaxshi oqmaganligi tufayli tuproq yaxshi namlanmaydi. Tomchilatib sug‘orishda esa suv har bir ekinning ma’lum davrdagi ehtiyojiga mos ravishda dala bo‘ylab bir tekisda beriladi. Shunday qilib dalaning ekin joylashgan joylari bir xilda namlanadi. Tuproqda ortiqcha namlikning yuzaga kelishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Egatlab sug‘orilganda sug‘orishdan keyin tuproqda namlikni haddan ziyod ortishi ekinni suvga bo‘ktirsa, sug‘orishlar orasidagi vaqtning uzoqligi oqbatida tuproq qurib ketib o‘simlikni suvsiz qoldiradi.
Navbatdagi sug‘orishda ekin yana suvga bo‘kadi, undan keyin esa yana suvsiz qoladi, ya’ni stress holatlarga tushadi. Natijada o‘simlik o‘z energiyasini shu stress holatlarni yengishga sarflashga majbur bo‘ladi va bir tekis rivojlana olmaydi. Tomchilatib sug‘orishda esa ekin ildiz qatlamining namligi bir xilda ushlab turiladi va ekin bir tekis rivojlanadi . Tomchilatib sug‘orishda ekinning ildizi rivojlanadigan tuproq qatlamida o‘simlik uchun optimal bo‘lgan tuproqning suvfizik rejimi yaratiladi.
5. Shakl berish. Urug‘lik mevali daraxtlarga asosan kuzda va danakli mevali bog‘larda erta baxorda shakl berish maqsadga muvofiq. O‘zbekiston sharoitida pakana payvandtagda ekilgan intensiv bog‘larda ko‘chatlarga 60 sm yuqoridan kesilib, shakl beriladi. Chetdan kelayotgan ko‘chatlarni veretino shaklida, ya’ni asosiy lider novda
qoldirilib, yoniga ko‘proq novda berishga qaratiladi, ya’ni shoxlatiladi. Shakl berishda ko‘chatning asosiy lider shoxida shtambi uchun 50 sm qoldirilib, undan yuqorisiga 8-10 ko‘z qoldirilib, undan so‘ng yana ship 3 ta ko‘z qoldirilib, ortiqchasi kesiladi.
Kelajakda yetarli shoxlashi uchun 50 sm. tanasidan yuqorida joylashgan 3 ko‘z oysimon shaklida (ko‘chat ko‘chatxonasida shoxlamagan bo‘lsa) ko‘zni o‘sishi qismidan kerbovka (kesish) qilinadi va yana uchta ko‘z tashlab yana uchta ko‘z to‘g‘ri chiziq shaklida kesimida (kerbovka) qilinadi. Bu jarayonni ko‘chat yaxshi o‘sa boshlagan davrida qilsa yaxshi natija beradi. Shoxlangan shoxlar iyul-avgust oylarida 90° egiladi va bog‘lanadi. Yosh o‘sgan novdalarda meva kurtaklarini hosil qilish maqsadida ular ma’lum vaqtda chilpib (chekanka) turiladi. Bu usul meva kurtaklarini ko‘proq hosil bo‘lishini ta’minlaydi.
6. Temir beton ustunlar o‘rnatish va sim tortish. Ekilgan ko‘chatlarni birinchi yilni o‘zida simbag‘azlarga bog‘lab, parvarish qilish uchun temir beton ustunlar o‘rnatilinadi.
7. Ko‘chatlarni simbag‘azlarga bog‘lab parvarish qilish. Yangi ekilgan olma, nok bog‘lariga temir beton ustunlar hamda sim tortilgach, ko‘chatlarning novdalari simlarga bog‘lab chiqiladi hamda kelajakda novdalar o‘sib, rivojlanishi uchun parvarish ishlari olib boriladi.
8. O‘g‘itlash. Yosh ekilgan ko‘chatlar yaxshi rivojlanib, o‘sishi uchun aprel oyining ikkinchi yarmida har bir ko‘chat atrofiga 100-120 g dan azotli o‘g‘it solinadi. Ikkinchi marta iyun oyida shuncha miqdorda yana azotli o‘g‘it solinadi.
Tomchilatib sug‘orish sistemasi mavjud bo‘lgan bog‘larda barcha mineral ozuqalarni suv orqali topchilatib berish maqsadga muvofiqdir. Bunda o‘g‘itni o‘zlashtirish samaradorligi ancha yuqori bo‘ladi.
Yosh pakana payvandtagli bog‘lar orasiga birinchi ikkinchi yillar sabzavot, poliz, kartoshka ekinlari ekish mumkin. Uchinchi yildan tushbu ekinlar ekish tavsiya etilmaydi. Chunki bog‘ qator orasiga ishlov berilishi sababli ekinlar ekilmaydi (Haydash, o‘g‘itlash, kimyoviy ishlov berish).
Oktyabr-noyabr oylarida yosh nihollar orasi hamda ko‘chatlarning qator orasi chopilib, yumshatiladi, begona o‘tlardan tozalanadi. Tuproqda namlik yaxshi saqlanadi.
Kuzda noyabr oyida fosforli hamda kaliy o‘g‘it, ya’ni gektariga 90 kg, fosfor 45 kg kaliy va 10 t organik o‘g‘it solinib chopiladi.
Yangi ekilgan intensiv bog‘lar ikkinchi yildan boshlab hosilga kiradi, 4-5 yili to‘liq hosil bera boshlaydi.
Farg‘ona viloyatida tashkil etiladigan bog‘ va tokzorlarga ekishga tavsiya etiladigan mevali va tok ko‘chat turlari, navlari hamda ekish sxemasi to‘g‘risida
MA’LUMOT
T\r Ekin turi Nav nomi Payvantag turi Ekish sxemasi (m) Ko‘chatlar soni (1 ga dona)
1
Olma
Vilyams prayt M-IX 3×1,5
3,5x2 2222
1420
MM-106 5x4 5x3,5 500
570
2
Olma
Gala M-IX 3×1,5
3,5x2 2222
1420
MM-106 5x4 5x3,5 500
570
3
Olma
Golden delishes M-IX 3×1,5
3,5x2 2222
1420
MM-106 5x4 5x3,5 500
570
4
Olma
Pink leydi M-IX 3,5x2
4×1,5 1428
1666
MM-106 5x4 5x3,5 500
570
5
Olma
Jeromin M-IX 3,5x2
4x1,5 1428
1666
MM-106 5x4 5x3,5 500
570
6
Olma
Starkrimson M-IX 3×1,5
3x2 2222
1666
MM-106 5x4 5x3,5 500
570
7
Olma
Starking M-IX 3×1,5
3,5x2 2222
1428
MM-106 5x4 5x3,5 500
570
8
Olma
Renet simerenko M-IX 3×1,5
3x2 2222
1666
MM-106 5x4 5x3,5 500
570
9
Olma
Grenni smit M-IX 3×1,5 2222
MM-106 5x4 500
MM-106 5x3,5 570
10 Nok Star krimson BA-29 5×3 666
Ayva-A 4×3 833
11 Nok Sari Go‘zal BA-29 5×3 666
Ayva-A 4×3 833
12 Nok Deviji BA-29 5×3 666
Ayva-A 4×3 833
13 Nok Santa mariya BA-29 5×3 666
Ayva-A 4×3 833
14 Gilos Samba Krimskiy-5 4×2 1250
15 Gilos Revershon Krimskiy-5 5×4 500
16 Gilos Valeriy Chkalov Krimskiy-5 4x2 1250
17 Shaftoli Muyassar GF-677 4x2 4x3 1250
833
18 Shaftoli Xilola GF-677 4x2 4x3 1250
833
19 Shaftoli Lola GF-677 4x2 4x3 1250
833
20 Shaftoli Nektarin (Super lola) GF-677 4x2 4x3 1250
833
21 Shaftoli Malinoviy GF-677 5x4 500
22 Shaftoli Start GF-677 4x1,5 1666
23 Shaftoli Farhod GF-677 4x3 833
24 Shaftoli Elberta GF-677 4x3 833
25 O‘rik Faralia Mirabolan 5x4 500
26 O‘rik Orenj Rubista Mirabolan 5x4 500
27 O‘rik Yubileniy Navoiy Mirabolan 5x4 500
28 O‘rik Subxoni Mirabolan 5x4 500
29 Olxo‘ri Ispolinskaya Mirabolan 5x4 500
30 Olxo‘ri Chernosliv Samarkandskiy Mirabolan 5x4 500
31 Olxo‘ri Berton Mirabolan 5x4 500
32 Olxo‘ri Superior Mirabolan 5x4 500
33 Bodom Bumajnoskorlupыy GF-677 5x5 400
34 Bodom Ugamskiy GF-677 5x5 400
35 Bodom Malika GF-677 5x5 400
36 Yong‘oq Tonkoskorlupыy Vlfch 7x5 156
37 Yong‘oq Ideal Vlfch 6x6 277
38 Yong‘oq Yubileynыy Vlfch 7x5 156
39
Uzumning xo‘raki navlari
Qora xusayni Simbog‘az usulida 3×2,5 1333
Voyish usulida 3x2 4x2 4x3 4x4 1666
1250
833
625
40
Rizamat
Voyish usulida 3x2 4x2 4x3 4x4 1666
1250
833
625
Simbog‘az usulida 3×2,5 1333
41
Husayni belыy
Voyish usulida 3x2 4x2 4x3 4x4 1666
1250
833
625
Simbog‘az usulida 3×2,5 1333
42
Husayni lo‘nda
Voyish usulida 3x2 4x2 4x3
4x4 1666
1250
833
625
43
Mersedes
Voyish usulida 3x2 4x2 4x3 4x4 1666
1250
833
625
Simbog‘az usulida 3×2,5 1333
44
Velikan
Voyish usulida 3x2 4x2 4x3 4x4 1666
1250
833
625
45
Kishmishb op navlar
Kishmish Cagdiana
Voyish usulida 3x2 4x2 4x3 4x4 1666
1250
833
625
Simbog‘az usulida 3×2,5 1333
46
Kishmishb op navlar
Qora kishmish
Voyish usulida 3x2 4x2 4x3 4x4 1666
1250
833
625
Simbog‘az usulida 3×2,5 1333
47
Sharopbop navlar Saperavi Simbog‘az usulida 3×2 1666
48 Risling Simbog‘az usulida 3×2 1666
49 Rkatsiteli Simbog‘az usulida 3×2 1666
50 Rangdor Simbog‘az usulida 3×2 1666
51 Kuldjinskiy Simbog‘az usulida 3×2 1666
