“Qadriyatlar. Global olam. Ijtimoiy muammolar“ mavzusida ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi
2024-11-21 17:55:00 / Yangiliklar
📝 Ikki kun davom etgan seminar jarayonlarida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, O‘zbekiston Musulmonlar idorasi, Yoshlar ishlari agentligi, O'zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi, “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot institutining professor-o‘qituvchilari va malakali mutaxassis hamda ekspertlarining maʼruzalari tinglanadi. Tadbir ishtirokchilariga faoliyatda foydalanish uchun zarur tavsiya va qo‘llanmalar berildi.
♻️ Mazkur seminar xotin-qizlar va yoshlar o‘rtasida turli salbiy oqibatlarning oldini olishga qaratilgan.
🔹 Shu bilan birga anjumanda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish yoʻnalishidagi islohotlar, mahalla xotin-qizlar faollarining hamkorlik mexanizmlari va istiqboldagi vazifalar, Oʻzbekistonda davlat va din munosabatlarining ustuvor yoʻnalishlari, xotin-qizlar oʻrtasida maʼnaviy-maʼrifiy faoliyatni takomillashtirish, buzgʻunchi va yot gʻoyalar taʼsiridan asrash, milliy, diniy va umuminsoniy qadriyatlarni targʻib etish mexanizmlari, ijtimoiy maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish masalalari muhokama qilindi.
🔸Ilmiy-amaliy o‘quv seminari bahs-munozaralarga boy tarzda o'tdi hamda muhim fikr va takliflar ilgari surilgani bilan dolzarb ahamiyat kasb etdi.
🌐 Din ishlari boʻyicha qoʻmita
Axborot xizmati