Raqobat qo‘mitasi huzuridagi Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari tadqiqotlari markazi va Toshkent davlat yuridik universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.
2025-01-24 15:55:00 / Yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi huzuridagi Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari tadqiqotlari markazi va Toshkent davlat yuridik universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.
Tomonlar O‘zbekistonda qonunchilik bazasini takomillashtirish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish darajasini oshirish va raqobatni rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslarni birgalikda amalga oshirishga kelishib oldilar.
Memorandumning imzolanishi ilmiy doiralar va davlat organlari o‘rtasida tajriba almashish uchun yangi imkoniyatlar ochadi, bu esa, o‘z navbatida, iste’molchilar huquqlarini himoya qilishni kuchaytirish, sog‘lom raqobat muhitini yaratish va Respublikada huquqiy ta’lim darajasini oshirishga xizmat qiladi.