“RYESPUBLIKA KO'P TARMOQLI AGROSANOAT BIRJASI” AJ LITSENZIYASINING AMAL QILIShI 6 OY MUDDATGA TO‘XTATILDI
2025-01-24 10:10:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasining “Lisenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq Raqobat qo‘mitasi tovar-xom ashyo birjasi faoliyatini litsenziyalovchi vakolatli organ hisoblanadi.
Qo‘mita tomonidan “Respublika ko‘p tarmoqli agrosanoat birjasi” AJ tovar-xom ashyo birjasi faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha belgilangan litsenziya talablariga to‘liq rioya etmaganligi sababli Jamiyatga birja faoliyati uchun berilgan litsenziyani vaqtinchalik to‘xtatib turish yuzasidan sudga da’vo arizasi kiritilgan edi.
Sudning hal qiluv qarori bilan, Qo‘mita tomonidan “Respublika ko'p tarmoqli agrosanoat birjasi” AJga birja faoliyati uchun berilgan litsenziyaning amal qilish muddati olti oy muddatgacha to‘xtatildi.
Ushbu qarorga nisbatan norozi bo‘lgan taraflar tomonidan sudga apellyatsiya shikoyati berish muddati o‘tgandan so‘ng rasman kuchga kiradi.