Joriy yilning 16 -17-yanvar kunlari Raqobat qo‘mitasi huzuridagi “Raqamli transformatsiya va autsorsing markazi” DUK tomonidan Toshkent shahar hokimligi bilan hamkorlikda...
2025-01-17 17:10:00 / Yangiliklar
![Joriy yilning 16 -17-yanvar kunlari Raqobat qo‘mitasi huzuridagi “Raqamli transformatsiya va autsorsing markazi” DUK tomonidan Toshkent shahar hokimligi bilan hamkorlikda...](/_next/image?url=https%3A%2F%2Fapi-portal.gov.uz%2Fuploads%2F86bcb21c-bd3c-a1c7-1d43-0405fc69277e_news_lang_.jpg&w=3840&q=75)
Joriy yilning 16 -17-yanvar kunlari Raqobat qo‘mitasi huzuridagi “Raqamli transformatsiya va autsorsing markazi” DUK tomonidan Toshkent shahar hokimligi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi “Tashqi reklama va ijtimoiy axborotning aylanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishni yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 428-sonli qarorining maqsad va vazifalari mavzusida o‘quv seminari o‘tkazildi.
Mazkur o‘quv seminarini Rais o‘rinbosari A.Qayumov kirish so‘zi bilan ochib berib: Respublikamiz miqyosida tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) joylashtirilishi ustidan nazorat qilish, noqonuniy qurilmalarni aniqlash va ularni tartibga solish bo‘yicha bir qator tizimli ishlar amalga oshirilayotganini ma’lum qildi.
Shuningdek, Qo‘mita tashqi reklamani joylashtirish sohasini tizimli tartibga solish, mazkur yo‘nalishda qat’iy nazorat o‘rnatish hamda sohaga oid munosabatlarni raqamlashtirish maqsadida bir qator chora tadbirlarga va ushbu soxadagi tizimli muammolarga ham alohida to‘xtalib o‘tdi.
Bundan tashqari, tadbir davomida tashqi reklama sohasini tartibga solish borasida ishtirok etayotgan vakillar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga ekspertlar tomonidan batafsil javoblar olishdi va tizimdagi mavjud muammolar atroflicha muhokama qilinib ushbu yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar va dasturiy chora tadbirlar belgilab olindi.