Taqıyatas rayonı hákiminiń 1-oktyabr Ustazlar kúnine baǵıshlanǵan bayram qutlıqlawı
2025-10-01 09:25:00 / Администрацияның баянатлары ҳәм сөйлеўлери

Hurmatli ustoz va murabbiylar!
Siz, azizlarni, ta'lim-tarbiya sohasining barcha fidoyi xodimlarini umumxalq bayrami - O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimdan tabriklayman.
Sizlar dunyodagi eng bebaho boylik va hayotiy merosni yaratish, uni xalqimizga, unib-o‘sib kelayotgan yosh avlodga etkazish yo‘lida chinakam fidoyilik ko‘rsatib, mehnat qilayotgan ulug' insonlarsiz!
Aziz do‘stlar!
Prezidentimiz ta'kidlaganidek, siz, aziz bog'cha tarbiyachilari, maktab muallimlari, oliygohlarning professor-o‘qituvchilari va ilmiy-ijodiy ziyolilar, sizlar, Uchinchi renessansning to‘rt tayanch ustunisiz.
Yana bir bor bayramingiz bilan tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, ezgu ishlaringizda ulkan yutuqlar, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman.
