KEGEYLI TUMANI FAVQULODDA VAZIYATLAR BÖLIMI BOSHLIĞI PODPOLKOVNIK D.J.ESIMBETOVNING KEGEYLI TUMANI AHOLISIGA MUROJAATI
2026-11-11 15:00:00 / Министрлик

DIQQAT! IS GAZI — JIDDIY XAVF!
Hurmatli Kegeyli tumani aholisi!
Kuz-qiş mavsumida havo haroratining pasayişi natijasida xonadonlarda gaz va boşqa isitiş moslamalaridan foydalaniş sezilarli darajada ortib, is gazidan zaharlaniş hamda yonğin bilan boğliq baxtsiz hodisalar xavfi yuzaga keladi.
Şu munosabat bilan Kegeyli tumani Favqulodda vaziyatlar bölimi tomonidan aholini özining va yaqinlarining hayoti hamda soğliğini asraş, is gazidan zaharlaniş va yonğinlarning oldini oliş maqsadida quyidagi xavfsizlik talablariga qat’iy rioya qilişga çaqiradi:
gaz jihozlaridan foydalanişdan oldin ularning texnik holatini tekşiriş;
gaz peçi va boşqa isitiş qurilmalarini işlatişda xonada havo almaşinuvini ta’minlaş;
möri va ventilyatsiya kanallarining sozligi va oçiqligini muntazam tekşirib boriş;
nosoz, qölbola usulda tayyorlangan yoki texnik talablarga javob bermaydigan isitiş moslamalaridan foydalanmaslik;
işlab turgan gaz jihozlarini nazoratsiz qoldirmaslik;
yotoqxonalarda va uxlaş vaqtida gaz peçi yoki boşqa isitiş qurilmalarini yoqib qöymaslik;
gaz hidi sezilganda elektr jihozlarini yoqmaslik yoki öçirmaslik, oçiq olovdan foydalanmaslik, xona derazalarini oçib, gaz ta’minotining avariya xizmatiga zudlik bilan xabar beriş;
bolalarni gaz va isitiş qurilmalari yonida nazoratsiz qoldirmaslik.
Eslatib ötamiz: Is gazi rangsiz va hidsiz bölib, inson organizmiga tez ta’sir qiladi. Şu sababli uning xavfi köpinça keç aniqlanadi.
Hurmatli fuqarolar!
Bir lahzalik e’tiborsizlik inson hayotiga zomin bölişi mumkin. Şuning uçun har bir xonadonda gaz jihozlari va mörilarning soz holatda bölişini ta’minlaş, xavfsizlik qoidalariga qat’iy amal qiliş zarur.
Farzandlarimiz va yaqinlarimizning hayotini asraş — barçamizning umumiy vazifamiz!
