Facebook ijtimoiy tarmog’i foydalanuvchisi Sharipova Sadoqat tomonidan e’lon qilingan murojaat yuzasidan RASMIY MUNOSABAT
2025-07-20 12:10:00 / Rasmiy munosabat

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-dekabrdagi “Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun bo‘sh turgan yer uchastkalarini berish tartib-taomillarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1023-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Bandboshi MFY hududidagi davlat zaxirasida bo‘lgan qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan 0.02 ga yer maydoni YERELEKTRON AATga 2020-yilda tuman kadastrlar palatasi tomonidan taklif sifatida yuklangan. 2022-yil 14-fevraldagi “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi qarori bilan mazkur yer maydonlari YERELEKTRON AAT dasturi orqali Vazirlar Mahkamasining 1023-sonli qarori bilan tashkil qilingan tizimdan Vazirlar Mahkamasining 71-sonli qarori asosida ishlab chiqilgan tizimga 28.03.2022-yil sanasida P170623001597-1, P170623001597-1 unikal raqamlar ostida auksion savdolariga chiqarish uchun faollashtirilgan.
Mazkur yer maydoni uchun YERELEKTRON AATda idoralararo kelishuv jarayonidan ijobiy xulosalar olingandan so‘ng 22.11.2022-yilda e-auksion.uz elektron savdo platformasiga ochiq auksion savdolarini tashkil qilish maqsadida sotuv jarayoniga yuklangan bo‘lib 20.12.2024-yilda auksion savdolari natijalariga ko‘ra fuqaro Allaberganova Feruza Islomovna g‘olib deb topilgan.
UzgashkLITI mutaxassisi tomonidan joyiga chiqgan holda auksion savdolari orqali sotilgan yer maydonining chegara nuqtalariga aniqlik kiritilib berilgan. 19.07.2025-yilda Allaberganova Feruza Islomovnaning turmush o‘rtog‘i Hayitov Boboqul Yunusovich tomonidan yuqorida nazarda tutilgan yer maydonidagi 4 dona mevali daraxtlar noqonuniy ravishda kesilganligi sababli hudud profilaktika inspektori tomonidan o‘rganish ishlari olib borilib Tuman ekologiya atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi mutaxassislari ishtirokida dalolatnomalar rasmiylashtirilgan. Hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan dastlabki tergov surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda.



