You tube platformasida e’lon qilingan “Bolam Buxoro sitida ishlab nogiron bo’ldi. SSV odam o’rnida ko’rmayabdi” sarlavhasi ostidagi videomurojaat yuzasidan Rasmiy munosabat!
2025-06-03 10:05:00 / Rasmiy munosabat

Qurilish jarayonida sodir bo‘lgan ko‘ngilsiz hodisa yuzasidan “City Builders” MCHJ rahbari N.Rajabov va qurilishdagi kran mashinasi boshqaruvchisi F.Zoyirovlar jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro shaxar sudining 2023 yil 13 dekabrdagi hukmi bilan aybdor deb topilib, ularga nisbatan jazo chorasi qo‘llanilgan. Fuqaro M.Hikmatov unga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararlarni undirish yuzasidan sudga murojaat qilishi natijasida fuqarolik ishlari bo‘yicha Buxoro tumanlararo sudining 2024 yil 21 fevraldagi hal qiluv qarori bilan da’vogar M.Hikmatovning javobgar N.Rajabov va F.Zoyirovlarga nisbatan yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararlarni undirish haqidagi da’vosi qanoatlantirilib, javobgarlardan fuqaro M.Hikmatovning foydasiga jami 52.000.000 so‘m zarar undirib berilgan.
Shuningdek, fuqarolik ishlari bo‘yicha Buxoro tumanlararo sudining 2024-yil 26-iyundagi hal qiluv qarori bilan javobgar “City Builders” MCHJdan fuqaro M.Hikmatovning foydasiga bir yo‘la to‘lab berilishi lozim bo‘lgan 25.692.600 so‘mlik va har oyda to‘lab berilishi lozim bo‘lgan 856.426 so‘mlik zararlarni undirish belgilanib, javobgar “City Builders” MCHJ zimmasiga fuqaro M.Hikmatovning nogironligi olib tashlanguniga qadar oyma-oy to‘lab berilishi lozim bo‘lgan zarar pullarini o‘z vaqtida to‘lab berilmoqda.
Bundan tashqari, fuqaro M.Hikmatov davolanishi va dori-darmoni uchun moddiy yordam so‘rab 2024 yil sentabr oyida Zarafshon mahallasida kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodimga ariza bilan murojaat qilgan va uning arizasi “Mahalla yettiligi” tomonidan ko‘rib chiqilib, “Saxovat va ko‘mak” mablag‘lari hisobidan 14.10.2024 yilda 1.500.000 so‘m moddiy yordam fuqaroning plastik kartasiga ko‘chirib berilgan. Shuningdek, fuqaroning 2025 yil yanvar oyida qilgan murojaati “Mahalla yettiligi” tomonidan o‘rganilib, fuqaroning davolanishi uchun 1.875.000 so‘m miqdorida moddiy yordam mablag‘i to‘lab berilgan. Bundan tashqari, fuqaro F.Abdullayev bilan telefon orqali suhbatlashilganda, fuqaroga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 31.05.2024 yildagi 313-sonli Qarori talablari asosida to‘liq tushuntirish berilib, fuqaroga Qaror talabiga ko‘ra, o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan jarrohlik operatsiyasi uchun davolovchi muassasaning xizmat ko‘rsatish shartnomasini taqdim qilishi lozimligi, og‘ir va uzoq vaqt davolanish talab etiladigan kasallikka chalingan oilalarga yordam ko‘rsatish dasturi doirasida bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha bo‘lgan miqdorda davolanish xarajatlarini (yashash va yo‘l xarajati bilan birga) qoplash belgilanganligi to‘liq tushuntirildi. 2022 yil aprel oyida Qorako‘l tuman Zarafshon MFY hokim yordamchisi tamonidan fuqaro Adbullayev Fazliddin Hikmatovichga baliqchilikni rivojlantirish maqsadida imtiyozli 30.000.000 ( o‘tiz million so‘m ) imtiyozlii kredit ajratilgan.
Shuningdek, fuqaroga tuman hokimligining tashabbusi bilan homiylik mablag‘lari jalb qilinib, muntazam ravishda fuqaroga yetkazib berilmoqda.
