Yoshlar oyligi
2025-06-28 13:35:00 / Yangiliklar

Bugun "Yoshlar oyligi" doirasida Madaniyat qishloq yoshlari uchun sportning - Stol tennisi, Qo‘l kurashi va Shaxmat-shashka turlaridan "Prokuror kubogi" musobaqalari tashkil etilib, musobaqada qatnashgan yoshlar madaniy dam olish bilan birga, sport musobaqalarida faol qatnashdi.
Musobaqaning ochilish marosimiga tuman hokimi A. Baymuratov, tuman prokurori B. Aberkulovlar yoshlarni bayram bilan tabriklab musobaqani ochib berdi.
O‘tkazilgan sport musobaqalarida g‘olib bo‘lganlar tuman prokurori tomonidan tayyorlangan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

