STOL TENNISI
2025-06-05 17:35:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi, Milliy Olimpiya qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi bilan hamkorlikda "Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari" sport musobaqalarining 15-17 yosh oralig‘ida qiz va o‘g‘il bolalar o‘rtasida Stol tennisi turi bo‘yicha Prezident Olimpiadasining Qo‘ng‘irot tumanida respublika hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada respublikamizning Mo‘ynoq, Qo‘ng‘irot, Shumanay va Qonliko‘l tumani sportchilari ishtirok etdi.
Ochilish marosimida tuman hokimi B.Sultanov sportchilarni tabriklab sportning ahamiyatiga keng tarzda to‘xtaldi.
"Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari" sport musobaqalarining 15-17 yosh oralig‘ida qiz va o‘g‘il bolalar o‘rtasida Stol tennisi turi qizg‘in bellashuvlarga boy bo‘ldi.
Chaqqonlik, epchillik va chuqur aql talab qiladigan va rivojlantiradigan bu sport turida har bir sportchi o‘z mahoratini ishga soldi.
"Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari" sport musobaqalarining Stol tennisi turi respublika hududiy bosqichi g‘oliblari aniqlandi.
Sportchilarni tuman hokimligi, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston stol tennisi federatsiyalari rahbarlari va boshqalar tabriklab medal va diplomlari tantanali vaziyatda topshirildi.
Musobaqa g‘oliblari keyingi respublika bosqichiga yo‘llanmalar oldi.
Qanlıkól rayonı hákimliginiń Málimleme xızmeti









