"Muhim 90 kun" loyihasi Qonliko‘l tumanida boshlandi
2025-06-01 21:10:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Qonliko‘l tumanidagi "Yoshlar sayli" markazida "Ajoyib 90 kun" loyihasining tantanali ochilishi bo‘ldi.
Unda tuman hokimi B.Sultanov tabriklab mavsum davomida qilinadigan ishlarga to‘xtaldi.
Ushbu loyiha tuman hokimligi, Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi, Madaniyat va Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limlari bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Loyihaning asosiy maqsadi - yozgi ta’til davrida o‘quvchilar va uyushmagan yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli va samarali o‘tkazish, ularni turli foydali ishlarga jalb etish, bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, shuningdek, ota-onalari ishda bo‘lgan vaqtda bolalarning qarovsiz qolishining oldini olishdan iborat.
Qanlıkól rayonı hákimliginiń Málimleme xızmeti






