“Obihayot”da yangilanish nafasi: zamonaviy mini-futbol maydoni yoshlar ixtiyorida!
2025-07-01 19:50:00 / Yangiliklar
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Pop tumanidagi 33-maktab hududida 1,2 milliard so‘mlik zamonaviy mini futbol maydoni yoshlarga foydalanish uchun topshirildi!

Tantanali ochilish marosimida tuman hokimi G‘ulomjon Murodxo‘jayev, mahalla faollari, nuroniylar va yoshlar ishtirok etdi. Tuman rahbari o‘z tabrigida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar samarasida joylarda shunday loyihalar hayotga tatbiq etilayotganini ta’kidladi.
“Obihayot” mahallasining o‘zida 5 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ evaziga qurilish va bunyodkorlik ishlari olib borilgani — buning yaqqol isboti!
Ushbu sport maydoni xam O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Jahon banki hamkorligida qurilib yechinish va yuvinish xonalari, sanitariya shoxobchalari, sport zali va o‘yin maydonlari bilan jihozlangan!







