Sizga ming rahmat Ulug‘bek O‘htamovich!
2025-05-26 15:45:00 / Yangiliklar

Samarqand viloyati Paxtachi tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Suvanov Ulug‘bek O‘htamovich joriy 2025 yil 24-may kuni boshqa ishga o'tishi munosabati bilan, Paxtachi tumani hokimligida, keng jamoatchilik ishtirokida kuzatuv marosimi bo'lib o'tdi.
Suvanov Ulug‘bek O‘htamovichning Paxtachi tumani tibbiiyotidagi faoliyati haqida ma'lumot beradigan bo'lsak, Paxtachi tuman tibbiyot birlashmasiga 2022 yil aprel oyida birlashma boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.
Shu davr mobaynida tuman tibbiyot birlashmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 26 iyundagi “Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5198-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Paxtachi tumanida ham 50 o‘rinli “Tumanlararo qo‘shma shikastlanishlar va o‘tkir qon-tomir kasalliklari markazi” tashkil etildi.
Tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli markaziy shifoxonasida malakali mutaxassislar tomonidan 2022 yil davomida jami 85 nafar, 2023 yil davomida jami 113 nafar, 2024 yil davomida esa jami 214 nafar bemorlarda yuqori texnologiyali jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi.
2022 yil davomida Sog‘liqni saqlash vazirining 192-buyrug‘iga asosan 1 ta Laparoskop, 1 ta MSKT, 3 ta Gemodializ, 7 dona IVL, 1 ta videobronxoskopiya, 1 ta videogastroskopiya, 1 ta raqamli rentgen apparata, 1 ta PSR va 1 ta gematologik analizator, 1 ta IFA apparati, 1 ta KЩS apparati, 1 ta elektrokoagulyator, 1 ta portativ rentgen apparati, 2 ta portativ EKG apparati, 11 ta kardiomonitor va 1 ta Defibrillyator apparati, umumiy miqdorda 5 mlrd 152 mln 438 ming so‘mlik asbob-uskunalar keltirilgan.
Tumanlararo Gemodializ markazida kapital ta’mirlash va rekonstruksiya ishlari yakuniga yetkazilib, ish faoliyatini boshladi, ushbu maqsad uchun tuman hokimligi tomonidan 35.0 mln. so‘m ajratildi.
Tumanda mavjud 13 nafar gemodializ oluvchi bemorlarga bir oy davomida 6 turdagi zaruriy dori-darmonlar bilan ta’minlash uchun jami 34 mln.so‘m mablag‘ ajratib kelinmoqda.
Yuqori texnologik operatsiyalar imkoniyatini oshirish maqsadida olib kelingan Laparoskop apparati tarkibiy tuzilmalari to‘ldirilib to‘la ishchi holatiga keltirildi.
Shoshilinch og‘ir holatda murojaat qilgan bemorlarga ixtisoslashgan tez tibbiy yordam ko‘rsatishda zarur bo‘lgan MSKT apparati olib kelinib, xonasi kapital ta’mirlash va rekonstruksiya ishlari yakuniga yetkazilib, apparat o‘rnatilib ish faoliyatini boshladi.
Zamonaviy, oxirgi modeldagi mobil rentgen apparati va kislarod stansiyalari ham politravma markazining reanimatsion-operatsion blogiga qo‘yilib faoliyatini boshladi.
Tibbiyot xodimlarini uz vaqtida ishga kelib-ketishini nazorat qilish maqsadida markaziy shifoxona ma’muriyat binosiga elektron nazorat tizimi o‘rnatildi. Bu orqali fuqarolarga tibbiy xizmat kursatish sifati yaxshilanib, xodimlar ustidan shikoyatlar kamayishiga olib kelindi.
Tez yordam xizmatini raqamlashtirish maqsadida 11 ta avtomashinaga GPS navigatorlari o‘rnatilib, dispetcherlik xonasiga o‘rnatilgan “Smart” televizori ya’ni monitor orqali brigadalar harakatini onlayn rejimda ko‘zatish imkoniyati yaratildi.
Joriy yilning oktyabr oyida RShTTYoIMSF tomonidan 2022 yil 16 iyundagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 283-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tuman tez yordam bo‘limi 11 dona planshet bilan ta’minlandi.
Bugungi kunda tez yordam xizmatida mavjud 11 ta maxsus avtomashinaning 1 tasi zamonaviy rusmdagi reanimobillar bo‘lib, 7 tasi Damas rusmli avtomashinalar Volksvagen reanimobillariga almashtirdi.
2023 yil davomida H.Elbegi oilaviy poliklinikasiga qarashli Ko‘rpa va Go‘ro‘g‘li shifokor uylari, Ukrach OShP ga qarashli Boltali tez yordam shahobchasi oilaviy shifokorlik punktiga aylantirildi, bundan tashqari ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika filiali Ziyovuddin oilaviy poliklinikasiga aylantirilib o‘z faoliyatini boshladi.
Tumandagi 31-Hayit Elbegi oilaviy poliklinikasining qurilishi tugallanmagan binosi uchun 2 200,0 mln. so‘m mablag‘ ajratilib, hozirgi kunda binoda qurilish-montaj ishlari yakunlanib to‘liq ishga tushirilgan.
Tuman markaziy shifoxonasi bo‘limlarini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida 100 kVt kuchlanishdagi dizel yoqilg‘isida ishlaydigan generator o‘rnatildi. Bundan tashqari Xayit Elbegi va 29-Dehqonobod oilaviy poliklinikalariga 15 kVt, oilaviy shifokor puntlariga 5 kVt hamda mahalla tibbiyot punktlariga 4 kVt, jami muassasalarga 167 kVt elektr energiya ishlab chiqarishga muljallangan quyosh panellari o‘rnatildi.
“Tashabbusli byudjet” dasturi asosida byudjet hisobidan tumandagi Tosh Kenjaev oilaviy poliklinikasi binosida 1 200,0 mln. so‘mlik mukammal ta’mirlash, Qoraminos oilaviy shifokorlik punkti 1200,0 mln. so‘mga yangi binosi qurildi, Reanimatsiya bo‘limi 1200,0 mln. so‘mga mukammal ta’mirlandi.
Yangi tashkil etilgan oilaviy shifokorlik punkti va oilaviy poliklinikalar standart asosida zamonaviy EKG apparati, UTT va laboratoriya jihozlari bilan ta’minlandi.
Tibbiyot muassasalaridan uzoqda joylashgan mahallalarda aholiga tibbiy xizmatlarni yaqinlashtirish va va bahramandligini oshirish maqsadida 16 ta mahalla tibbiyot punktlari (12 ta konteyner va 5 ta moslashtirilgan bino) tashkil etildi.
2024 yil davomida markaziy shifoxona xududida 230 metr 6 mert enlilikda yul asfat qismi olib tashanib xomiylik mablag‘lari xisobidan 80,0 mln. so‘m beton bilan qoplandi.
Tuman xokimligi tomonidan markaziy shifoxona bo‘limilari va oilaviy poliklinika, oilaviy shifokorlik punktlarini joriy ta’mirlash ishlari uchun 350,0 mln. so‘m ajratildi.
Markaziy shifoxonaga mahalliy byudjet hisobidan 260.0 mln. so‘m zamonaviy lift o‘rnatildi.
Markaziy shifoxona 2716 m2 ichki yulaklari maxalliy byudjet mablag‘lari xisobidan 396,0 mln. so‘mga asvalt yotqizilib, yo‘laklar atrofiga bardyorlar o‘rnatildi.
Muxtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkillashtirilgan «openbyudjet» loyihasida tuman tibbiyotimizni eskirgan binolarini va bo‘limlarini rekonstruksiya qilish hamda moddiy texnik bazasini takomillashtirish maqsadida;
2024 yil «openbyudjet» 1- bosqichida markaziy shifoxona hududlarida zamonaviy landshaft dizaynini loyihasi uchun 1mld 300 millon so‘mlik mablag‘ qo‘lga kiritildi.
2- bosqichda esa to‘g‘ruq bo‘limini zamonaviy talablar asosida kapital ta’mirlash uchun 1mld 360 million so‘mlik mablag‘ va tez tibbiy yordam bo‘limi binosini zamonaviy loyiha asosida yangidan qo‘rish uchun 1mld 360 million so‘mlik mablag‘lar qo‘lga kiritildi.
2025 yil 1-mavsum “Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida birlashmaga qarashli tumanlararo “Qo‘shma shikastlanishlar va o‘tkir qon tomir kasalliklari markazi” ni kapital ta’mirlash maqsadida 1.5 mlrd. so‘m, Klinik diagnostika va laboratoriya bo‘limini kapital ta’mirlash va qo‘shimcha binolar qurish uchun 1.5 mlrd. so‘m, birlashma tizimidagi barcha bo‘lim va muassasalar faoliyatini to‘liq raqamlashtirish va davlat tibbiy sug‘urta mezanizmlarini joriy etish, tizimda qog‘ozbozlik, korrupsion mexanizmlarni bartaraf etish, shaffoflik va haqqoniylikni ta’minlash maqsadida 200 dona kompyuter jamlamalari va 50 dona printer sotib olish maqsadida. 1.5 mlrd. so‘m mablag‘lar yutib olindi. Moliyalashtirish jarayoni davom etmoqda.
Tuman tibbiyot birlashmasiga oxirgi 3 yil mobaynida jami 9 ta “Tashabbusli byudjet” loyihalari doirasida 12.0 mlrd.so‘m mablag‘lar jalb qilindi.









