Zarbdorda Zulfiya nomidagi davlat mukofotiga talabgorlar saralandi
2025-10-26 09:25:00 / Yangiliklar

Zarbdor tumanida iqtidorli, bilimli va faol qizlarni rag‘batlantirish maqsadida Zulfiya nomidagi davlat mukofotiga talabgorlarni aniqlash bo‘yicha saralash bosqichi o‘tkazildi.
Tanlovda umumta’lim va kasb-hunar maktablarida tahsil olayotgan, ilm-fan, ijod, sport hamda jamoat ishlarida faol ishtirok etayotgan qizlar o‘z yo‘nalishlarida erishgan yutuqlari bilan ishtirok etdilar.
Ishtirokchilar o‘z ijodiy ishlari, loyihalari va tashabbuslarini taqdim etib, hakamlar hay’ati tomonidan munosib baholandi.
Natijada, eng faol va iste’dodli qizlar viloyat bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanma qo‘lga kiritdilar.
Ushbu tanlov yosh avlodni ma’naviy barkamollik, tashabbuskorlik va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.









