Zarbdorda paxta yig‘im-terimiga puxta tayyorgarlik boshlandi
2025-08-27 16:45:00 / Yangiliklar

Zarbdor tumani “Milliy oq olti agro” MCHJda o‘tkazilgan seminarda Jizzax viloyati prokurori Baxtiyor Ibrohimov, tuman hokimi Bekzod Tashpulatov hamda mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.
Jizzax viloyati Zarbdor tumani paxtakorlari bu yil 9 ming 100 gektar maydonga paxta ekib, 36 ming 400 tonna hosil olish uchun mustahkam zamin yaratdi.
Hosilni o‘z vaqtida va sifatli yig‘ib olishni ta’minlash maqsadida “O‘zagroinspeksiya”ning Zarbdor tuman bo‘limi tomonidan muntazam nazorat va monitoring ishlari olib borilmoqda.
Joriy yilgi mavsumga tayyorgarlik odatdagidan ancha erta boshlandi. Jumladan:
- 41 dona OXВ-600 purkagich,
- 10 dona JOHN DEERE-9970,
- 6 dona BOSHIRAN,
- 4 dona FM WORLD 4MZ-4C rusumli paxta terish mashinalari,
- 148 traktor va 171 tirkama texnik ko‘rikdan o‘tkazilib, mavsumga safarbar qilindi.
Umumiy hisobda 381 dona qishloq xo‘jaligi texnikasi paxta yig‘im-terimida qatnashishi rejalashtirilgan.
Mazkur jarayonlar doimiy nazorat ostiga olingan bo‘lib, aniqlangan kamchiliklar joyida bartaraf etilmoqda. Zarbdor paxtakorlari bu yilgi hosilni qisqa muddatda, tez va sifatli terib olishga tayyor.







