“Yashirin iqtisodiyot”ga qarshi kurashish borasidagi vazifalar ijrosi va natijadorligida nazorat organlari faoliyati tanqidiy tahlil qilindi
2025-04-22 14:30:00 / Yangiliklar

“Yashirin iqtisodiyot”ga qarshi kurashish borasidagi vazifalar ijrosi va natijadorligida nazorat organlari faoliyati tanqidiy tahlil qilindi
Zarbdor tumanida o‘tkazilgan navbatdagi yig‘ilishda tumandagi 12 ta nazorat organining 2025-yil 1-choragida ma’muriy nazorat sohasida amalga oshirgan ishlari atroflicha muhokama qilindi.
Yig‘ilishda amalga oshirilgan ishlardan tashqari, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ham tanqidiy tahlil etilib, ayrim rahbarlarga nisbatan rasmiy ogohlantirish choralari ko‘rildi. Shu bilan birga, kamchiliklarning takrorlanishining oldini olish va ish sifati samaradorligini oshirish bo‘yicha aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Yig‘ilish yakunida nazorat faoliyatini takomillashtirish, fuqarolar murojaatlariga e’tiborni kuchaytirish va qonuniylikni ta’minlash masalalariga alohida urg‘u berildi.






