Fuqarolik ishlari bo‘yicha Zarbdor tumanlararo sudi raisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2025-02-14 12:30:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 13-fevral kuni Jizzax viloyati, Zarbdor tumani Ravot mahalla fuqarolar yig‘ini binosida fuqarolik ishlari bo‘yicha Zarbdor tumanlararo sudi raisi O.Egamberdiev va devonxona mudiri Sh.Cho‘liboevlar tomonidan “Korrupsiyaga qarshi kurashish, ularga imkon beruvchi sabab va shart sharoitlarni bartaraf etish”, O‘zbekiston Respublikasining 2023 yil 25 dekabrdagi “Sud qarorlarining qonuniyligi va asosliligini tekshirish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-889-sonli Qonuni mazmun-mohiyati, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 20 yanvardagi “Yoshlar siyosati va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-18-sonli Farmoni va Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish mavzularida chiqish qildi.
Shu o‘rinda, Korrupsiya bir necha ming yillik tarixga ega. Yozma manbalarda korrupsiya haqida eramizdan avvalgi Shumer podsholigi davrida eslatib oʻtiladi. Korrupsiya bizning kunlargacha yetib kelganligi shundan dalolat beradiki, boshqa illatlar kabi, uni ham tag-tugi bilan yoʻqotib boʻlmaydi. Hatto rivojlangan g‘arb davlatlari ham korrupsiyadan butkul xalos boʻlolmagan. Biroq jamiyat rivojiga xavf soluvchi korrupsiyaning oldini olish, unga qarshi kurashish Yer yuzidagi barcha davlatlarda hamisha va hamma zamonda davom etayotganligi. Korrupsiya va milliy taraqqiyot masalasi — yurt taqdiri, mamlakat kelajagi uchun har qachongidan muhim va dolzarb ahamiyat kasb etadi. Sababi yurtimiz aholisi bir asrlik mustamlakachilik davrida yoʻqotilgan moddiy hamda maʼnaviy boyliklar oʻrnini qayta tiklash, iqtisodiyotni rivojlantirish, milliy oʻzlikni asrash yoʻlida kechayu kunduz mehnat qiladigan davr kelganligini tushuntirib o‘tdi.
Shuningdek uchrashuv davomida fuqarolarning muammolarini tinglab ularga qaysi tashkilot yoki organga murojaat qilish huquqlari bo‘yicha tushuntirishlar olib borildi.
Fuqarolik ishlari bo'yicha Zarbdor tumanlararo sudining raisi
O.Egamberiev
Fuqarolik ishlari bo’yicha Zarbdor tumanlararo sudining devonxona mudiri
Sh.Cho’liboyev


