Zarbdorda navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi
2026-07-11 12:20:00 / Yangiliklar

2026-yil 11-iyul kuni Zarbdor tumani Xalq qabulxonasida tuman hokimi Bekzod Tashpulatov boshchiligida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
Qabulda tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari hamda fuqarolar ishtirok etdi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan ijtimoiy, iqtisodiy, uy-joy, bandlik, kommunal xizmatlar va boshqa dolzarb masalalarga oid murojaatlar atroflicha tinglanib, har biri amaldagi tartib asosida ko‘rib chiqildi.
Mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirokida har bir murojaat yuzasidan aniq topshiriqlar berilib, ularning ijrosi qat’iy nazoratga olindi. Ayrim masalalar qabul jarayonining o‘zidayoq ijobiy hal etilib, fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatildi.
Shuningdek, qo‘shimcha o‘rganishni talab etuvchi murojaatlar yuzasidan joyiga chiqib o‘rganish, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda amaliy choralar ko‘rish bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar yuklatildi.
Fuqarolar qabuli davomida aholi bilan ochiq va samimiy muloqot olib borilib, murojaatlarni o‘z vaqtida va sifatli hal etish, xalq bilan doimiy muloqotni ta’minlash davlat organlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekani yana bir bor ta’kidlandi.






