Zarbdorda fuqarolar murojaatlari doimiy e’tiborda
2026-07-09 11:00:00 / Yangiliklar

Zarbdor tumanida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda ularning muammolarini o‘z vaqtida hal etish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
2026-yil 9-iyul kuni Zarbdor tumani Xalq qabulxonasida tasdiqlangan reja asosida tuman hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Alisher Erjigitovning navbatdagi shaxsiy qabuli o‘tkazildi.
Bildirilgan murojaatlar atroflicha o‘rganilib, ularni qonuniy va samarali hal etish maqsadida tegishli tashkilot hamda mas’ul idoralarga yo‘naltirildi. Har bir murojaatning ijrosi belgilangan tartibda nazoratga olindi.
Fuqarolar qabuli davomida aholi bilan ochiq va samimiy muloqot olib borilib, ularning muammo va takliflarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda murojaatlarga yechim topish ustuvor vazifa ekani yana bir bor ta’kidlandi.


